Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UZB seriyali raqamga ega mashina haydovchisi jarimaga tortildi. U qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan
8.12.2020 12:39,  
503

Joriy yilning 6 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda UZB seriyali raqamga ega avtomashina qoidani buzgani aks etgan videolavha tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, videolavha o‘rganilganda, joriy yilning 6 dekabr kuni soat 13:11larda, Toshkent shahar Yunusobod tumani, Xurshid ko‘chasida “Toyota Land Cruiser” rusumli, 01 025 UZB davlat raqam belgili transport vositasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanganligi atrofdagi fuqarolardan birining boshqaruvidagi transport vositasi videoregistratorida qayd etilgan. 

Fuqaro qoidabuzarlik videosini “eJaerima” saytiga yuborgan. Saytga kelib tushgan videolavha Toshkent shahar ma’muriy amaliyot mas’ul xodimi tomonidan o‘rganilgan va qoidabuzar haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-5 moddasi 2-qismiga ko‘ra BHMning 10 baravari miqdorida jarima belgilangan.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymaslikni so‘raymiz”, — deyiladi ma’lumotda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан