Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum»da kimlar ishtirok etadi?
12.02.2020 12:42,  
225

19-20 fevral kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar maydonida «Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum» (UAALF-2020) birinchi xalqaro aviatsiya forumi o‘tkazilmoqda. 12 fevral kuni Toshkent shahridagi "Hilton" mehmonxonasida o‘tkazilgan matbuot anjumani shu mavzuga bag‘ishlandi.

Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Transport vaziri Elyor G‘aniyev, "Uzbekistan Airports" AJ raisi Ravshan Ismoilov boshchiligida o‘tkazildi.

Tadbir mehmonlari sifatida xorijiy davlatlarning transport vazirliklari rahbarlari, fuqaro aviatsiyasi va aeroportlar boshqaruvi vakillari, yetakchi xalqaro va xorijiy aviakompaniyalar, aeroportlar, aviatsiya va transport sohasidagi kompaniyalarning yuqori lavozimli rasmiylari ishtirok etadi.

Xalqaro aviaforum tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati hamda  Birlashgan Arab Amirliklaridan jalb etilgan «Fair Exhibition Organizers» kompaniyasi (BAA).

Ma’lumot uchun: “Fair Exhibition Organizers” (FEO) Al Zarouni kompaniyalarining bir qismi bo‘lib, unga 1999 yilda asos solingan. Hozirgi kungacha 150 dan ortiq xalqaro ko‘rgazmani tashkil etgan. Dunyo bo‘yicha o‘zining 15dan ortiq ofisiga ega.

UAALF 2020 xalqaro forumida Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Hindiston, Braziliya, Turkiya, Kuvayt, Misr, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi ko‘plab davlatlardan 60 dan ziyod eksponent, 300 delegat va 1200 mutaxassis, jumladan xorijiy davlatlarning transport vazirliklari rahbarlari, fuqaro aviatsiyasi va aeroportlar boshqaruvi vakillari, yetakchi xalqaro va xorijiy aviakompaniyalar, aeroportlar, aviatsiya va transport sohasidagi kompaniyalarning yuqori lavozimli rasmiylari ishtiroki kutilmoqda.

Ikki kunlik tadbirga dunyoning 130 ga yaqin xalqaro tashkiloti jalb qilingan, xususan, “Boing” va “Jetcraft” (AQSh), “Air Charter Service” (Buyuk Britaniya), “Bombardier Business jets” (Kanada), “TLD” (Hindiston), “Luftansa Consulting” (Germaniya), “EGIS” (Fransiya), “ATR” (Ispaniya), “Kuwait Airways” (Kuvayt), “Air Arabia” va “BGT Events” (BAA), “Gulf Air” (Baxrayn), “Korean Air” va “Asiana Airlines” (Janubiy Koreya), “Azerbaijan Airlines” (Ozarboyjon), “Aeroflot” va “IrAero” (Rossiya), “Al Masriya” (Misr), “Zagros Airlines” (Eron), “Pegasus Airlines” va “Turkish Airlines” (Turkiya), “Mitsubishi Corporation” (Yaponiya),  “Air Astana” (Qozog‘iston) va hokazo.

“Ushbu tadbir eksponentlar va mehmonlarga qarorlar qabul qiluvchi mansabdor shaxslar bilan aloqalarni rivojlantirish uchun qudratli  platforma sifatida xizmat qiladi va shu tariqa noyob imkoniyatlar beradi. Xalqaro aviaforum doirasida ko‘plab yuqori darajali uchrashuvlar, konferensiyalar, ko‘rgazma hamda qiziqarli taqdimotlar o‘tkaziladi. Birinchi xalqaro aviaforum dunyoning yetakchi aviakompaniyalarini O‘zbekistonga jalb etish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi”, - dedi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov.

Forum doirasida o‘tadigan ko‘rgazmada aeroportlar, aviatsiya va logistika vakillari o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishadi, zero O‘zbekiston hukumati mamlakatda aviaqatnovlarga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojni qondirish maqsadida o‘zining logistik imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан