Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Uzbekistan Airways" aviachiptalari narxi 36 foizdan 148 foizgacha qimmat qilib belgilangan — senator
12.06.2021 15:26,  
159

Bu haqda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxanov to‘xtalib o‘tdi.

"Joriy yilning 16 aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati rasmiy saytida «Aviachiptalar narxining haddan ziyod yuqoriligi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisiga senator so‘rovi yuborildi» sarlavhasi bilan xabar keng ommaga e’lon qilingan edi.

Mazkur xabarda yurtimizda aviachiptalar narxlari haddan ziyod qimmatligi va unga nisbatan aholi tomonidan bildirilgan salbiy munosabatlar bo‘yicha so‘z borgan. Bu holatni keng tahlil etish, aviachiptalar narxlarining qimmatlashiga sabab bo‘lgan asosiy omillarni o‘rganish maqsadida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga Senator so‘rovi yuborilgani aytib o‘tilgan.

Senator so‘roviga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining aviachiptalar va aviatashish xizmatlari holati o‘rganildi va bu borada quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, aviakassalarda “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda mavjud barcha tariflar haqidagi ma’lumotlar iste’molchilarga to‘liq yetkazilmagan.

Shuningdek, “Uzbekistan airways” AJ tomonidan Toshkent-Moskva bir tomonlama yo‘nalishda chiptalar «bagajsiz ekonom» sinfida 131 yevrodan 211 yevrogacha, «ekonom» sinfida 145 yevrodan 335 yevrogacha, «biznes» sinfida 642 yevrodan 862 yevrogacha etib belgilangan bo‘lsada, aviakompaniya tomonidan arzon narxlardagi aviachiptalar sotuvga chiqarilmagan.

Bundan tashqari, o‘rganishlar davomida “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan mahalliy yo‘nalishlar uchun belgilangan narxlar boshqa davlatlardagi narxlardan qimmatligi, xususan, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan belgilangan narxlar xorijiy aviakompaniyalarning narxlaridan o‘rtacha 36 foizdan 148 foizgacha yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Shu o‘rinda aniq misollarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Toshkent-Urganch (uchish vaqti 1 soat 15 minut) yo‘nalish bo‘yicha «bagajsiz ekonom» sinfidagi chipta narxi o‘rtacha 41 yevro etib belgilangan. Huddi shu xizmat Rossiya Federatsiyasida (Sankt-Peterburg-Moskva – yo‘nalishi 1 soat 30 minut) o‘rtacha 27 yevroni tashkil etadi. Bundan ko‘rish mumkinki, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan parvoz uchun belgilangan narx 56 foizga qimmat. “Uzbekistan Airways” AJning ushbu yo‘nalish bo‘yicha «Ekonom» sinfidagi aviachipta narxi Qozog‘iston Respublikasidagi aviakompaniyadagi narxlardan 40 foizga, Turkiyadagi aviakompaniya narxlaridan esa 146 foiz qimmat ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, Turkiya davlatidagi ichki yo‘nalishlari bo‘yicha «ekonom» sinfidagi tariflar O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan ichki «bagajsiz ekonom» tariflaridan o‘rtacha 42 foizga arzon ekanligi aniqlandi.

Bu kabi aviatashish xizmatlari bozorida qimmat narxlarni ushlab turish sabablaridan biri raqobat muhiti rivojlanmaganligi deyish mumkin. Chunki, aviakompaniyalar soni qanchalik kam bo‘lsa iste’molchilarga bildiriladigan takliflar ko‘lami kamayib, iste’molchilarda aviachiptalarga bo‘lgan talab (ehtiyoj) ortadi. Tabiiyki buning natijasida erkin raqobat muhiti buzilishiga olib keladi. Bu esa bozor iqtisodiyotidagi talab va taklif qonuniyatini buzadi.

Misol sifatida ,Toshkent – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 7 marta muntazam reyslar mavjudligiga qaramay faqat 2 ta aviatashuvchi (“Uzbekistan Airways” va “Air Astana”), Toshkent – Moskva yo‘nalishida ham 2 ta aviakompaniya (“Uzbekistan Airways” va «Aeroflot») to‘g‘ridan – to‘g‘ir parvozlarni amalga oshirishini aytib o‘tishimiz mumkin.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda raqobatning rivojlanmaganligi, aviatashuvchi kompaniyalar o‘rtasida kelishib qilinadigan harakatlarni sodir etishga zamin yaratadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yuqoridagi muammolarni bartaraf etish va kelgusida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga bir qator takliflar yubordi. Bildirilgan takliflarning ijro etilishi Senatning Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi", deb yozadi senator.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан