Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uzbekistan Airways Navro‘z munosabati bilan 50% gacha chegirma e’lon qildi
21.02.2020 14:19,  
1332

«Uzbekistan Airways» kompaniyasi Navro‘z bayrami munosabati bilan respublika bo‘yicha barcha qatnovlarga 50% gacha chegirmalar e’lon qildi. Chegirmalar 21 martdan 23 martgacha quyidagilarga amal qiladi:

- individual yo‘lovchilar uchun – 30%;

- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), o‘quvchilar, talabalar va O‘zR IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun – 40%;

- oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) – 50%;

- nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun – 50%;

- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, Ikkinchi jahon urushi davridagi mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun – 50%;

- Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar uchun – 50%.

Chegirmalar nafaqat O‘zbekiston fuqarolariga, balki chet elliklarga ham taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан