Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uzbekistan Airways Saudiya Arabistoniga reyslarni to‘xtatdi
28.02.2020 09:35,  
361

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 27 fevraldan Saudiya Arabistonining Jidda va Madina shaharlariga barcha reyslarni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Bu chora Saudiya Arabistoni hukumati ziyoratchilarning mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlagani bilan bog‘langan. Ushbu taqiqlov ostiga 25 ta davlatdan keluvchi, jumladan o‘zbekistonlik turist va ziyoratchilar tushgan bo‘lib, u koronavirus tarqalishi xavfining oldini olish zarurati bilan tushuntirilgan. 
    
Shu bilan birga aviakompaniya qisqa vaqt ichida Saudiya Arabistonidan o‘zbekistonliklarni qaytarish maqsadidagina ushbu mamlakatga bir nechta reysni amalga oshiradi. 

Aviakompaniya qo‘shimcha ma’lumotlar uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasining 71-240-39-33 telefon raqamiga yoki 78-140-02-00 orqali aviakompaniyaning yagona aloqa markaziga murojaat qilish mumkinligi ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан