Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uzbekistan Airways Yaponiyaga reyslarni vaqtincha bekor qilmoqda
12.05.2021 08:40,  
208

O‘zbekiston chet davlatlardagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borib, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarni ko‘rmoqda. Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq «Uzbekistan Airways» AJ Yaponiyaga jo‘naydigan qatnovlarni bekor qilishi haqida xabar berdi. Bu holat ushbu davlatda sanitariya-epidemiologiya holati yaxshilanguniga qadar davom etadi. Ushbu davlatlar orasidagi aviaqatnovlar 2020 yilda to‘xtatilgan edi.

Uzbekistan Airways uchun Tokio qatnovlari ustuvor hisoblanib, O‘zbekistondan Yaponiyaga aviaqatnovlar 20 yildan ortiq muddat davomida amalga oshirilib kelingan. Aviakompaniya vakillari qilgan harakatlarining sharofati bilan so‘rov oshib borgan va mavsumda nafaqat muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish, balki Yaponiyaning turli shaharlariga ham barqaror yo‘lovchilar yuklamasini ta’minlashni uddalashdi.

"O‘zbekiston va Yaponiya orasidagi muntazam aviaqatnovlar mamlakatlardagi epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lganidan keyin 2022 yilning bahor-yoz navigatsiya davriga rejalashtirilgan" deyiladi Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан