Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uzbekistan Airways yo‘lovchi tashish samolyotlarini yuk tashish uchun qaytadan jihozlamoqda
20.04.2020 21:29,  
750

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Boeing-767-300-ER yo‘lovchi samolyotlarini vaqtincha Boeing-767-300-PTC (passenger-to-cargo) versiyasida qayta jihozlaydi. Bu haqda aviakompaniyaning axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu qaror kompaniyaning kengashi tomonidan yuk tashishga talabning tez o‘sib borishi va yo‘lovchi qatnovlarining to‘liq to‘xtatilishi munosabati bilan qabul qilindi.

Qayta jihozlash jarayoni ekonom-klass salonlaridan yo‘lovchilar o‘rindiqlarini olib tashlash va yuklarni tashish uchun bo‘sh turgan joydan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Bu laynerga qo‘shimcha 20 tonnagacha yukni yuklash va tijorat yuklarining mavjud hajmini 180 m3 ga oshirish imkonini beradi.

Qayta jihozlash «Uzbekistan Airways Technics» MChJ tomonidan Boeing kompaniyasining hujjatlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

O‘zgartirish, shuningdek, Transport vazirligi qoshidagi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan mavjud ko‘rsatmalar va texnologiyalarga kiritilgan o‘zgartirishlarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu samolyotlarning yuk versiyasini birinchi tijorat ekspluatatsiyasi 21 aprelga rejalashtirilgan.

26 aprelga ikkinchi Boeing-767-300-PTC samolyotining texnik qayta jihozlash tugallanishi rejalashtirilgan, shundan so‘ng 27 aprelda tijorat foydalanishga topshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан