Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Uzbekneftegaz GTL” kompaniyasining texnik direktori lavozimiga xorijlik mutaxassis tayinlandi
27.01.2021 09:59,  
461

“Uzbekneftegaz GTL” kompaniyasining Direktorlar kengashi qarori bilan yuqori malakali mutaxassis, Kanada davlati fuqarosi bo‘lgan Marsel Yurgen Krauze zavodning texnik direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqida “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Yangi lavozimda ish boshlagan Marsel Krauze zavodni ishga tushirish, uni loyiha quvvati bilan ta’minlash va sozlash ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.

Marsel Krauze Qatardagi “Oryx GTL” zavodida o‘n yil texnik menejer bo‘lib ishlagan. U neft va gazni qayta ishlash va neft-kimyo sanoatida jami 33 yillik yuqori tajribaga ega.

Bundan tashqari, Marsel Krauze Kanada, Chili, Tailand va Qatar kabi mamlakatlarda neft va gaz-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoatidagi qator yirik xalqaro ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish va sozlash ishlarida ishtirok etgan.

Marsel Krauze dunyoning top–50 universitetlar reytingiga kiradigan “British Columbia” (Kanada) universiteti bitiruvchisi, shuningdek, Britaniya Kolumbiyasining professional muhandislar va geologlari uyushmasining a’zosi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан