Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uzcard "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunni buzgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin
26.06.2020 14:19,  
195

Avvalroq «Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJ (Uzcard brendi ostida bank plastik kartochkalari emitatsiya qiladi) tomonidan banklardagi onlayn-omonatlar uchun yana to‘lov olishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Ushbu xabar jamoatchilik orasida noroziliklarni keltirib chiqargani uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bunday to‘lov olishning maqsadga muvofiqligini o‘rganayotganini ma’lum qilgan edi.

O‘rganilish jarayoni boshlanishidan qariyb ikki oy (54 kun) dan keyin qo‘mita ushbu masala yuzasidan axborot berdi.

Qo‘mita matbut xizmati xabariga ko‘ra, bugungi kunga kelib «Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJdan Qo‘mita tomonidan so‘ralgan tegishli ma’lumotlar to‘liq berilmagani sababli, o‘rganish muddatini cho‘zilishiga sabab bo‘lmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, agar, «Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJ tomonidan so‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilmasa, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga binoan, mazkur xo‘jalik yurituvchi sub’yektning ma’muriyati ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Amaldagi "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunning 27-moddasida shunday deyilgan: "... monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlik, tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi".

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан