Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UZCARD va HUMO terminallarida har 2 kartadan ham to‘lov qilish imkoniyati yaratiladi
13.04.2021 22:08,  
118

UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabar bermoqda.

Hujjat O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Memorandum doirasidagi ilk loyihaga ko‘ra, kompaniyalar infratuzilmalarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi amalga oshiriladi.

2021 yil oxiriga qadar to‘lov tizimlari terminallari ikkala turdagi kartalarni ham qabul qila boshlaydi. Iste’molchilar savdo nuqtalari qaysi terminaldan foydalanayotganini so‘rab o‘tirishiga ham hojat qolmaydi, tadbirkorlar esa har ikkala kartadan ham to‘lovlarni bitta terminal orqali qabul qila oladilar.

Shuningdek, memorandum doirasida kompaniyalar, 

karta egalari, banklar, to‘lov tashkilotlari va chakana savdo nuqtalarining manfaatlarini himoya qilish;

naqdsiz to‘lovlarni rag‘batlantirish uchun texnologiyalarni takomillashtirish va infratuzilmani kengaytirish;

to‘lov infratuzilmasining ishonchliligi va axborot xavfsizligini ta’minlashga doir loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан