Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uzoq muddat qamoqda ushlangan qonun himoyachisi A’zam Farmonov ozod etildi
4.10.2017 10:26,  
59

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi qonun himoyachisi A’zam Farmonovning ozod etilishiga aloqador rasmiy bayonatni e’lon qildi.

Xabarda qayd etilishicha, AQSh Muhammad Bekjonov, Murod Jo‘rayev, Erkin Musayev, Jamshid Karimov va boshqa uzoq muddat qamoqda ushlangan vijdon tutqunlari ozodlikka chiqarilgani ortidan qonun himoyachisi A’zam Farmonovning ozod etilishini olqishlaydi.

"Biz bunday ijobiy qadamlarni ma’qullaymiz, ular kelgusida boshqa mahbuslarning ozod etilishi va fuqarolik jamiyatiga ochiqroq yondashuv uchun ishora ekaniga umid bildiramiz", - deyiladi bayonatda.

Ko‘plab xalqaro inson huquqlari guruhlari A’zam Farmonovning 2006 yili shubhali ayblovlar bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgani haqidagi masalani ko‘targan edi. 2013 yili BMT qiynoqlarga qarshi komissiyasi Farmonovni ozod etishga chaqirgan.

"Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezident Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotida ta’kidlagani kabi, O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlashga sodiq ekanini e’tirof etadi. Biz bundan keyin ham keng ko‘lamli siyosiy, ijtimoiy va inson huquqlari borasidagi islohotlarda izchil barqarorlik va taraqqiyot bo‘lishiga umid qilamiz", - deb xabar qilinmoqda elchixona saytida.

Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli A’zam Farmonov poraxo‘rlikda ayblangan. 2006 yilda o‘zbek sudi uni 9.5 yilga qamoq jazosiga hukm qilgan.

Ammo, 2016 yilning may oyida birinchi jazo muddatining yakunlanishi arafasida A’zam Farmonovning qamoq jazosi muddatiga yana 5 yil va 26 kun qo‘shilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан