Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uzoq muddatli istiqbolda eng muvaffaqiyatga erishadigan kompaniyalar reytingi aniqlandi
24.10.2019 17:37,  
151

Fortune jurnali uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatga erishishi kutilayotgan kompaniyalarning har yilgi an’anaviy reytingi Future 50’ni e’lon qildi.

Reytingning birinchi pog‘onasida Workday kompaniyasi turibdi. Axborot texnologiyalari sanoatidagi kompaniya birgina o‘tgan yilning o‘zida 2.8 mlrd. $lik daromad ko‘rgan. Fortune kompaniya qiymati yaqin uch yil ichida o‘rtacha 35% o‘sib borib, bozor qiymati 40 milliard dollarga yetishi haqida bashorat qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda o‘zining to‘lov tizimiga ega Square kompaniyasi turibdi. O‘tgan yili aksiyalarining narxi 16 %ga pasaygan bo‘lsa-da, ammo 2018 moliyaviy yili kompaniyaga 3.3 milliard dollar daromad keltirgan. To‘lov tizimidan tashqari shirkat bitkoin bilan savdolarni ham ko‘paytirgan.

Uchunchi pog‘onada bulutli texnologiyalar bilan ishlovchi servicenow kompaniyasi joy olgan. Bozor bahosi 49 milliard dollar bo‘lgan bu kompaniyada 9382 kishi faoliyat olib boradi.

To‘rtinchi pog‘ona Xitoy shirkati egallagan. 2011 yil Ningde (Xitoy)da asos solingan Contemporary Amperex Technology (qisqacha CATL) shirkati dunyodagi elektrokarlarga batareyka yetkazib beruvchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya mijozlari orasida Volkswagen, BMW, Honda hamda bir qancha Xitoy avtomobilsozlik zavodlari mavjud. U kodlar bilan ishlash texnologiyalari bo‘yicha Toyota bilan hamkorlik qilmoqda. Bozor bahosi 21.3 milliard dollar.

Bosh shtabkvartirasi Shvetsiyaning Stokgolm shahrida joylashgan Spotify technology beshinchi pog‘onadan joy olgan. U musiqa sanoatida faoliyat yuritadi. Kompaniya o‘zi uchun bozor qilib Hindiston hamda Lotin Amerikasini tanlagan.

Atlassian IT sanoatidagi yana bir korxona bo‘lib, bozor bahosi 30 milliard dollar. Avstraliyada joylashgan kompaniya an’anaviy savdo modelidan voz kechgan. Buning o‘rniga "onlayn targetlash" usulida bozorni tadqiq etishadi.

Tashkil topganiga hali 10 yil bo‘lmagan, lekin shu vaqt ichida Xitoyning eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lishga ulgurgan Xiaomi yettinchi o‘rinda. Kompaniya hozirda Xitoyda, Hindistonda ishlab chiqarish liniyalariga ega. Hindiston bozorida yetakchi, Samsungning Xitoy bozoridan siqib chiqargan texnogigantlardan biridir.

Sakkizinchi o‘rinda Xitoydagi Osiyoning eng katta onlayn sayohat agentligi Ctrip.com loyiq deb topilgan. Kompaniyaning oylik faol foydalanuvchilari soni 210 million kishini tashkil etadi.

To‘qqizinchi o‘rinda Salesforce shirkati. Kompaniyani dasturiy ta’minot sanoati kelajagini kashf qildi. Hozirda u bulutli texnologiya yordamida mijozlarni kuzatish dasturlarini taklif qilishmoqda. Ma’lumotlar bazasini boshqaradigan database.com brendiga egalik qiladi.

Vertex Pharmaceuticals ro‘yxatning kuchli o‘nligiga kirgan yagona biotexnologiya kompaniyasi sanaladi. Bozor bahosi 43 milliard dollarni tashkil etadi. Yaqinda qandli diabetni davolash bo‘yicha yangicha yondashuvni taklif qilgan Semma Therapeutics startapini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Fortune jurnali ro‘yxatni tuzishda komputer dasturi yordamida 12 ta faktor bo‘yicha 1000 dan ortiq yirik kompaniyalarni tahlil qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан