Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uzoqda yashaydigan abituriyentlar stadionlarga kelishi uchun avtobuslar ajratilishi mumkin
13.08.2020 14:53,  
96

2020/2021 o‘quv yili va imtihonlar tashkil etilishi bilan bog‘liq mavzularda AOKA shtabiga aholidan kelib tushayotgan savollarga Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyevning javoblari:

Savol: Kirish imtihonlari barvaqt bo‘lsa, kamiga biz viloyat markaziga uzoqdan boramiz. Abituriyentlarni olib borib-olib kelish uchun avtobuslar yo‘lga qo‘yilsa bo‘lmaydimi? Taksilar ham qimmatlaydi o‘sha kuni...

Javob: Tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan test sinovi o‘tkaziladigan ob’yektlardan uzoqda joylashgan tumanlardan abituriyentlarni olib kelish va joyiga yetkazish bo‘yicha jamoatchilik transporti qatnovlarini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borilmoqda.

Savol: Karantin hududida saqlanayotgan abituriyentlar qanday imtihon topshiradi?

Javob: Test sinovlari faqat belgilangan ochiq maydonlarda o‘tkaziladi. Agar abituriyent karantinda bo‘lsa, test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

Savol: Bu yil 2020/2021 oliy o‘quv yurtiga kirishda kasb-hunar kolleji va litsey kitoblaridan testlar bo‘ladimi? Bu yil kollej darsliklaridan savol tushmaydi degan gaplar yuribdi?

Javob: Test topshiriqlari Davlat test markazining rasmiy veb-saytida tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxatida mavjud kitoblardan tuziladi. Bunda har bir fan bo‘yicha darsliklar turlicha. Test topshiriqlari qaysi darsliklardan tuzilishini rasmiy saytimizdan ko‘rishingiz mumkin.

Qayd etish kerakki, hukumat ko‘rsatmasiga muvofiq 2017 yildan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va 11 sinf darsliklari negizida umumiy o‘quv dasturi shakllantirilgan. Hozir unda boshqa kitob, unisida boshqa darslik, deb bo‘lmaydi. Soddalashtirish maqsadida ularning barchasi umumiy dastur asosida tuzilgan

Savol: Imtihonlar 2 sentyabrdan boshlanishi va 14 kun davom etishi aytildi. Kasbim hamshira va men 1 sentyabr kuni karantinda ishlash uchun shifoxonaga kiraman, 14 kun o‘sha joyda bo‘laman. Imtihonda qatnasha olmaymanku, bunda qanaqa chora ko‘rish mumkin?

Javob: Agar abituriyent karantin zonada ishlayotgan bo‘lsa, test sinovlarida ishtirok eta olmaydi. U agar kasallanmagan bo‘lsa, yo ishni, yo test topshirishni tanlashi kerak bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан