Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uzreport futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionati o‘yinlarini namoyish etadi
10.05.2020 12:19,  
158

Butun dunyoda koronavirus tufayli yuzaga kelgan pandemiya ortga chekinib, asta-sekin futbol musobaqalari yana qaytmoqda. Osiyo mamlakatlari ichida eng ilg‘ori hisoblangan Koreya 1 ligasi musobaqasi start oldi.

Jonli futbolni sog‘inib qolgan muxlislar qiziqishidan kelib chiqqan holda, Uzreport Janubiy Koreya milliy chempionati — Key Ligasi o‘yinlari translyasiyasi huquqini sotib oldi.

Mazkur chempionatning o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun yana bir e’tiborli tomoni shundaki, ushbu musobaqada bir qator o‘zbek futbolchilari legioner sifatida to‘p surishadi. Jumladan, Jamshid Iskandarov «Seongnam»da, Rustam Ashurmatov «Kvanju»da, Doston Tursunov "Pusan Ay Park"da, Ikrom Aliboyev esa «Seul» klubida to‘p surmoqda.

Futbol TV telekanalida Key Ligadan ilk namoyish 10 may kuni hamyurtimiz Ikrom Aliboyev to‘p surayotgan «Seul» hamda «Kanvon» klublari ishtirokidagi o‘yin bilan boshlanadi.

Translyasiya doirasida Key Liga g‘olibligi uchun asosiy da’vogar jamoalar uchrashuvlari namoyishi rejalashtirilgan.

Bu o‘yinlar orqali nafaqat o‘zbekistonlik legionerlar faoliyati, balki Osiyo maydonlaridagi asosiy raqibimiz bo‘lgan Janubiy Koreya futboli bilan ham tanishib borish imkoniyatimiz bor.

Ma’lumot uchun, Koreya Key ligasida 1 2ta jamoa qatnashadi. Musobaqalar 8 maydan 8 noyabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан