Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UzReport TV telekanali Beeline’ni sudga berdi
25.05.2021 21:14,  
336

UzReport TV telekanali Unitel (Beeline savdo belgisiga ega) kompaniyasini mualliflik huquqini buzganlikda ayblab sudga berdi.

Telekanalning da’vo arizasida ta’kidlanishicha, Beeline shartnoma tuzmasdan, UzReport TV va Futbol TV efirlarini o‘zining Beeline TV mobil ilovasida namoyish qilib, moddiy manfaat ko‘rib kelmoqda. Mazkur harakatlari bilan mobil operatori UzReport TV telekanalining qonuniy huquqlarini buzmoqda.

UzReport TV’ning qayd etishicha, bir necha bor ogohlantirishga qaramasdan, Beeline hech qanday chora ko‘rmagan. Natijada telekanal nizoni sud orqali hal qilishga majbur bo‘lgan.

Telekanal tegishli shartnoma tuzmasdan Beeline TV mobil ilovasida UzReport TV va Futbol TV efirlarini namoyish etishni to‘xtatishni so‘ragan.

UzReport TV (Futbol TV) futbol bo‘yicha Yevropaning bir qator milliy chempionatlari (APL, La Liga, Italiya A seriyasi), Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, shuningdek, Jahon va Yevropa chempionati kabi bir qator musobaqalarning O‘zbekiston bo‘ylab eksklyuziv translyasiya huquqi egasi hisoblanadi.

Beeline munosabati

«Gazeta.uz» so‘roviga binoan, Beeline Uzbekistan kompaniyasi mualliflik huquqini buzganlikdagi ayblovga qo‘shilmasligini va amaldagi qonunchilik doirasida o‘z pozitsiyasini himoya qilishga tayyorligini bildirgan.

«Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan televizion tarqatish tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish uchun tuzilgan litsenziya shartnomasiga muvofiq, tuzilgan shartnomaga asosan ‘O‘zbekiston kabel televideniyesi’ MChJ Unitel MChJga Beeline TV platformasida telekanallarni retranslyasiyasini amalga oshirish uchun ‘Yagona signal’ni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi», — deyiladi kompaniya munosabatida.

Beeline’ning ta’kidlashicha, «O‘zbekiston kabel televideniyesi» O‘zbekistondagi Yagona signal — Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan OAV televideniye mahsulotlaridan tashkil topgan televideniye kanallarining (dasturlarining) belgilangan to‘plamini tarqatuvchisi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан