Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UZTELECOMdan qulay xizmatlar
20.11.2020 18:32,  
205

Sizning ofisingiz ish vaqtidan tashqari vaqtda ham ishlashini hohlaysizmi? O‘tkazmoqchi bo‘lgan tadbiringiz haqida mingdan ortiq mijozlaringiz yoki boshqa shaxslarni habardor qilmoqchimisiz? Yoki shunchaki telefon orqali retseptni bilib mazzali taom tayyorlamoqchimisiz…? Bu savollaringizning tez va samarali yechimi bor.

UZTELECOM sizga Call markaz bazasida taqdim etiladigan xizmatlari to‘plamini taqdim etadi. Xizmatlarimiz turli xil va ular tashkilotlar hamda oddiy fuqarolarga mos keladi.

Korxona va tashkilotlar uchun Kompaniya o‘zining “Virtual ofis” va “Xabar qilish” xizmatlarini taqdim etadi.

“Virtual ofis” xizmatning o‘ziga xosligi shundaki, tashkilotingizning virtual raqamiga qo‘ng‘iroq kelib tushganda, mijoz o‘zini qiziqtirgan ma’lumotni olishi, ovozli xabar qoldirishi yoki ofis ishchisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmagan holda faks yuborishi mumkin. Bu xizmat bilan Siz kunning istalgan vaqtida biznesingiz bo‘yicha barcha ma’lumotlarga ega bo‘lgan va ofisingiz ish vaqti bo‘lmagan vaqtda ham vazifalarini a’lo darajada bajaruvchi, noyob yordamchiga ega bo‘lasiz.

“Xabar qilish” xizmati bilan debitorlarni xabardor etish, o‘z mijozlaringizni yig‘ilish yoki konferensiyaga taklif qilish, yangi chiqarilayotgan maxsulotingiz taqdimoti haqida ularga xabar berish ishlarni qo‘shimcha xodim yo‘llamagan holda a’lo darajada amalga oshirishingiz mumkin.

Mamlakatimiz fuqarolari uchun ham Kompaniya qiziqarli xizmatlarni taqdim etadi.

Kunu-tun faoliyat ko‘rsatuvchi 1009 ma’lumotlar xizmati orqali siz o‘zingizga kerak bo‘lgan tashkilotning manzili yoki telefon raqamini aniqlashingiz mumkin.

"Tabriklar" xizmati yordamida siz o‘zingizning yaqinlaringizni original tarzda tabriklashingiz mumkin. Va buni mavjud ovozli tabriklardan birini tanlab yoki shaxsiy ovozli xabaringizni jo‘natish orqali amalga oshirish mumkin.

1001 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda joriy kun va tunning ob-havo ma’lumotini hamda atmosfera bosimi, shamol tezligi, tuman tushishi haqidagi ma’lumotlarni tinglashingiz mumkin.

Agarda Siz juda ham band bo‘lsangiz va farzandingizni uxlatish uchun hech kim bo‘lmasa, Siz 71 200 01 00 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz va "Oqshom ertaklari va bolalar qo‘shiqlari" xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

O‘z pazandalik qobiliyatingizni darajasini yanada oshirmoqchimisiz? Shunchaki 71 200-05-05 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, "Kulinariya retseptlari" xizmatidan foydalaning.

Siz ma’lum vaqtga uchrashuv belgilagansiz, lekin turli sabablarga ko‘ra aniq vaqtni bilish imkoni mavjud emas… Buning yechimi oddiy… Shunchaki 1004 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va aniq vaqtni biling.

Siz boshqa shaharda yashovchi do‘stingizning telefon raqamini yetti xonali formatda bilasiz va hudud kodini bilishning imkoni yo‘q. 1064 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va hudud kodini bilib oling. Shuningdek, ushbu raqamda boshqa davlatlarning kodlari ham mavjud.

Ushbu intellektual xizmatlarning barchasi mamlakatimiz aholisi uchun qulaylik yaratish uchun taqdim etiladi. Ularning ichidan o‘zingizga keragini tanlang va hayotingizni turli hil ranglarga bo‘yang...

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан