Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vafot etgan kuyovi uchun 70 yoshli qaynota rekord o‘rnatdi
8.02.2021 14:06,  
797

Demensiya tadqiqotlariga mablag‘ to‘plash maqsadida 70 yoshli britaniyalik Frenk Rotvell Atlantika okeanini qayiqda suzib o‘tdi. Bu bilan u okeanni yolg‘iz o‘zi suzib o‘tgan eng keksa odam sifatida jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda «The Guardian» xabar berdi - deya yozmoqda "Xabar.uz".

Qayd etilishicha, Rotvell o‘zining safarini 2020 yil 12 dekabrda Kanar orollaridan boshlagan va 56 kun 2 soat 46 soniyadan so‘ng 6 yanvar kuni Karib dengizidagi Antigua oroliga yetib borgan. Safar davomida u 3 ming mil masofani bosib o‘tdi.

Rotvell 62 yoshida kasallikdan vafot etgan kuyoviga hurmat bajo keltirib Alsgeymer tadqiqotlari uchun 648 ming funt sterling to‘pladi.

70 yoshli britaniyalikning aytishicha, marra chizig‘ini kesib o‘tayotganda rosa xursand bo‘lgan.

«Atlantika bo‘ylab suzish olti hafta davom etdi. Ammo bu 18 oylik mashg‘ulot va tayyorgarlikni talab qildi. Shu bois men amalga oshirgan va aql bovar qilmaydigan sayohatimdan juda faxrlanaman», — dedi Rotvell.

«Iceland Foods» xayriya jamg‘armasi 500 ming funt sterling miqdoridagi birinchi xayriyani ikki baravar oshirishga va’da berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан