Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Vahima qo‘zg‘atyapti” — Ashxobodda yuziga niqob taqqan ayol jarimaga tortildi 
26.02.2020 20:00,  
1585

Ashxobod politsiyasi o‘zini COVID-19 koronavirusidan himoya qilish uchun niqob kiyib ko‘chaga chiqqan odamni jarimaga tortdi, deya xabar beradi Farg‘ona axborot agentligi “Xroniki Turkmenistana” nashri ma’lumotlariga tayanib.

Agentlikning yozishicha, bir ayol kechqurun ishdan uyga qaytayotganida uning hujjatlarini tekshirish uchun politsiya to‘xtatadi, shunda hammasi joyida edi. Ammo keyin huquq-tartibot idoralari xodimlari nima uchun ayol niqobni taqqanini va bu hukumatning karantin choralariga ishonmasligini anglatishini aytadi. Politsiya xodimlari o‘zlari ham niqob taqmaganlarini ta’kidladi.

Politsiya ayolni vahima qo‘zg‘atyapti degan xulosaga keladi va 249 manat (rasmiy kurs bo‘yicha 71 dollar) jarima belgilaydi.

Ayolning pasporti garov sifatida olib qolinadi va ertasi kuni to‘lov qilganligi to‘g‘risida bank kvitansiyasi keltirganidan so‘ng berib yuboriladi.

“Xroniki Turkmenistana”ning yozishicha, mamlakatdan chetga chiqish rejimi yanada qattiqlashgan. Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning koronavirusga qarshi kurash to‘g‘risidagi 25 fevral kuni qilgan bayonotidan so‘ng “Turkman havo yo‘llari” Istanbul va Anqara reyslarini bekor qildi.

Turkish Airways Ashxobodga parvozlarni davom ettirmoqda, biroq samolyotlarda faqat xorijliklarga  ruxsat berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан