Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vaksina ishlab chiqilmaguncha koronavirus bilan kurashib yashayveramizmi?
1.06.2020 18:08,  
182

Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:

Savol: Odamzod vaksina ishlab chiqilmagunga qadar koronavirus kasalligi bilan kurashib yashayveradimi?

Javob: Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqish bilan butun dunyo olimlari shug‘ullanmoqda. Viruslar esa mutatsiyaga moyil bo‘lishadi. Balkim, koronavirusning hamma tipiga ta’sir qiladigan universal vaksina ishlab chiqish kerak bo‘lar.

Vaksinani ishlab chiqish, klinik sinovdan o‘tkazish, profilaktik samaradorligini baholash va keng aholi orasida qo‘llashga ruxsat berish kabi bosqichlari bor.

Ungacha mazkur virusdan saqlanish uchun qo‘lni tez-tez yuvish, niqob taqish rejimiga rioya etish va ijtimoiy masofani saqlash kabi qoidalarga rioya etish kerak.

Savol: Ko‘p olimlar kasallik bo‘yicha izlanish olib boryapti. Olimlar virus qachongacha davom etishini bashorat qilishdimi?

Javob: Hech kim 2020 yilning 5 oyida yuz bergan na koronavirus pandemiyasini, na iqtisodiy-moliyaviy inqirozni, na neft narxlarini qulashini, na fond bozorlaridagi sho‘ng‘ishni bashorat qila olmagan, shu jumladan, kasallik borasida ham keyingi vaziyat to‘g‘risida hech nima aniq emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан