Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vaksina sotib olish va koronavirus tadbirlari uchun 3 trln so‘m ajratiladi
18.12.2020 11:13,  
91

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina sotib olish va umumiy tadbirlar uchun 3 trillion so‘m ajratiladi. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetov bugun bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisida so‘z ochdi. 

“Sog‘liqni saqlash tizimidagi jami tadbirlar uchun 4 trillion so‘m, shu jumladan koronavirusga qarshi kurash tadbirlari va vaksina sotib olish harajatlari uchun 3 trillion so‘m ajratish rejalashtirilmoqda”, deydi vazir.

Yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.

Moliya vaziri Timur Ishmetovga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida tajriba tariqasida elektron sog‘liqni saqlash tizimini keng joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini yaratish uchun 28 milliard so‘m, davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi uchun 126 milliard so‘m mablag‘, fuqarolarni nevrologiya va gemodializ yordamini ko‘rsatish samaradorligini oshirish harajatlariga 138 milliard so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан