Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vaksinadan keyin nojo‘ya ta’sirlar, hatto o‘lim holati kuzatilishi mumkin
6.09.2021 18:33,  
359

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva COVID-19 bilan bog‘liq savollarga javob berdi. Mutaxassis emlashdan keyin bir soat ichida o‘lim holatlari kuzatilishi mumkinligini aytdi.

“Vaksinadan keyin nojo‘ya ta’sirlar yoki o‘lim holati kuzatilishi mumkin, bu haqda vaksina ishlab chiquvchilar tomonidan yo‘riqnomada yozilgan. Biroq vaksinadan so‘ng kuzatiladigan o‘lim holati vaksina olgandan keyingi 1 soat oralig‘ida kuzatilishi mumkin. 

O‘tib ketuvchi nojo‘ya ta’sirlar esa, vaksina olgandan keyingi 3 kunlik davomida kuzatilishi mumkin, lekin ular keyin o‘tib ketadi. Shuni unutmaslik kerakki, bunday holatlar inson organizmining individual xususiyatidan kelib chiqib kuzatiladi. 

Turli nojo‘ya oqibatlar kelib chiqmasligi uchun vaksina olgandan keyingi kunlarda o‘z salomatligingizni muhofaza qiling”, - 
dedi Sevara Ubaydullayeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан