Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Valyuta almashtirayotgan jismoniy shaxslardan pasport nusxasini talab qilish bekor qilindi
3.09.2020 11:19,  
785

Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur hujjat valyutani tartibga solish sohasidagi amalda bo‘lgan 5 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiya qilish orqali qabul qilindi va 2020 yil 1 sentyabrdan kuchga kirdi.

Mazkur Qoidalar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagi yangiliklar joriy etildi:

  • - jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ulardan pasport nusxasi talab qilish bilan bog‘liq norma chiqarib tashlandi;
  • - banklar tomonidan mijozlar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha vaqt va hujjatlar talab etilishi bilan bog‘liq normalar bekor qilindi;
  • - xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning mablag‘larini konvertatsiya qilish jarayonlari hamda chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etiladigan buyurtmalarni banklar tomonidan ko‘rib chiqish tartibi soddalashtirildi;
  • - valyuta birjasi savdolarida ishtirok etish uchun mijozning hisobvarag‘ida qat’iy ravishda mablag‘lar rezerv qilinishi bo‘yicha talab bekor qilindi;
  • - sotib olingan mablag‘lardan foydalanish borasida qo‘shimcha qulayliklar yaratildi, xususan, bank mijozlarining maxsus valyuta hisobvarag‘iga turli xil sabablarga ko‘ra qaytib tushgan valyuta mablag‘laridan takroran foydalanish imkoniyati yaratildi;
  • - Markaziy bank tomonidan ayirboshlash shoxobchalarini ro‘yxatga olish va ularga guvohnomalar berish amaliyoti bekor qilindi;
  • - ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi, valyuta ayirboshlash shoxobchalarida xodimlar soni, xavfsizlik talablari, ularni monitoring qilish va boshqa talablar tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 19 maydagi PF–5997-son Farmoni bilan 2020 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 yanvargacha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish to‘xtatilgan, bundan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi, shuningdek unifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish mustasno.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан