Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Vaqt juda kam qoldi, dehqonchilikda bahorning har bir kuni, har bir soati muhim”, — Shavkat Mirziyoyev
15.04.2022 15:40,  
69

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. 

Dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar sabab jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘tgan asrning 80-yillaridagidan ham yuqori darajalarda o‘sayotgani ta’kidlandi.

Xususan, mart oyida dunyo bo‘yicha oziq-ovqat narxlari 2021 yilning mos davriga nisbatan 34 foizga oshdi. 

Ayniqsa, yil boshidan jahon bozorlarida bug‘doy narxi – 20 foiz, makkajo‘xori – 19 foiz, ozuqa donlari – 20 foiz va o‘simlik yog‘i – 23 foizga ko‘tarildi. 

Joriy yilda yog‘ingarchilik hisobiga, vodiy, Toshkent viloyati va Samarqandda suv zaxirasi 20 foizga ko‘paygani bilan, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazmda suv ta’minoti bo‘yicha qiyinchiliklar bo‘ladi.

Jahon bozorida mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i narxlari 2 baravarga oshgani, albatta, klaster, fermer va dehqonlarning yetishtirayotgan mahsulotlarining tannarxiga hamda moliyaviy ahvoliga ta’sir qiladi.

“Vaqt juda kam qoldi, dehqonchilikda bahorning har bir kuni, har bir soati muhim”, dedi davlat rahbari yig‘ilishda va dehqon va fermerlarimizni eng ko‘p qiynaydigan masalalarni sanab o‘tdi:

- hosildor va ishonchli urug‘ va ko‘chat navlarining kamligi,

- peshona teri evaziga yetishtirilgan mahsulot kafolatli xarid qilinmasligi.

Shu sababli, hosildor urug‘ va ko‘chat navlarini joylarga yetkazish va mahsulotni sotib olishga Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan Bog‘dorchilik agentligiga qo‘shimcha 300 milliard so‘m ajratiladi.

Shuningdek, yangi suv omborlari atrofidagi 100 ming gektardan ortiq yerlarga tadbirkorlarni jalb etib, infratuzilma yaratishga yordam berib, mos keladigan ekinlar ekishni tashkil qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Viloyat hokimlariga bir oy muddatda:

- o‘z hududidagi suv omborlari atrofidagi yangi yerlarning xaritasini tuzish;

- yerlarni konturlarga ajratib, ularga irrigatsiya tarmog‘ini loyihalash; 

- ushbu maydonlarda oziq-ovqat va ozuqa ekinlarini ekishga tayyor investorlarni jalb qilish bo‘yicha loyiha to‘plamlarini tayyorlash topshirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан