Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vaqti kelib, o‘qituvchilarning oyligini 1000 dollar ekvivalentiga yetkazamiz – Shavkat Mirziyoyev
31.08.2020 12:54,  
741

Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida mustaqilligimizning 29 yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

«Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda »Yangi O‘zbekiston" iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e’tirofidir.

Hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Chunki bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas.

Agar biz maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, oliy ta’limni rivojlantirsak albatta, uchinchi Renessansga erishamiz. Tanamizda buyuk bobolarning qoni bor, farzandlarimizda bunga 100 foiz bilimi ham, g‘ayrati ham bor. Faqat biz ularga imkoniyat yaratishimiz kerak.

So‘nggi 4 yilda mamlakatimizda 44 ta yangi oliy ta’lim muassasalari tashkil etildi. Yil oxirigacha yana 43 ta ochiladi. Bu ko‘rsatkichlar yoshlarimizning, ota-onalarning ertangi kunga ishonchidan darak beradi. «Davlat sharoit yaratyapti, men farzandimni o‘qitaman, kamolini ko‘raman» demoqda.

Bu yil 1,5 mln o‘g‘il-qizlarimiz o‘qishga hujjat topshirdi. Kelinglar, ularga imtihonlarda omad va zafarlar tilaylik.

Ota-ona maktab jamoasidan qachon rozi bo‘ladi? Qachonki maktabga, ta’lim tizimiga ishonsa. Vaqti-soati keladi, o‘qituvchilar oyligini 1000 dollar ekvivalentiga yetkazamiz. Ta’limni, o‘qituvchini obro‘sini ko‘tarsak, maktab ostonasini «SIZ» desak, albatta yillar o‘tib hozirgi 1-sinf o‘quvchisi ertaga Ulug‘bek, Ibn Sino, Beruniy bo‘ladi. Men bunga ishonaman" - dedi prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан