Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vashingtonda karantin qoidalaridan norozi 2000 kishi mitingga to‘plandi
20.04.2020 21:43,  
487

AQShda 2 dan 2,5 minggacha odam Vashington shtatining poytaxti Kapitoliyda koronavirus tarqalishi sharoitida uyda qolish tartibini bekor qilishni talab qilib ommaviy mitingga to‘plandi, deb yozadi RIA Novosti. 

Gazeta ta’kidlashicha, cheklovlar may oyining to‘rtinchi kuniga qadar amal qiladi, ammo ular muddati uzaytirilishi mumkin. Hozirda shtatda qariyb 12 ming koronavirus holati qayd etilgan.

Miting «Respublikachilar» partiyasi tomonidan uyushtirildi.

Miting shtat gubernatori Jey Inzlining buyrug‘i hamda tibbiyot xodimlari tavsiyalariga zid ravishda tashkil qilindi. Ko‘pchilik ijtimoiy masofalanish qoidalariga amal qilmagan hamda tibbiyot niqoblari taqmagan.

Shtat gubernatori mitingga qarshi chiqdi.

«Men so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlayman. Ammo olomon bo‘lib to‘planish hozirda to‘g‘ri emas. Bu siyosat haqida emas. Vashington aholisining sog‘lig‘ini himoya qilish uchun eng yaxshisini qilishimiz kerak», - dedi Inzli.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан