Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelayotgan ekipaj a’zolari ham karantinga olinadimi?
18.05.2020 16:19,  
600

Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Joriy yilning 11-24 may kunlari charter reyslarda xorijdan hamyurtlarimiz olib kelindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bo‘yicha epidemiologik noxush hududlarga borib kelgandan keyin ekipaj a’zolari ham 14 kunlik karantinga olinadi. Agar shunday bo‘lsa, respublika ehtiyoji uchun shuncha ekipaj a’zolarini qayerdan topadi?

Javob: Epidemik vaziyat murakkablashib pandemiyaga aylangan vaqtda charter reyslar amalga oshirilganda ekipaj a’zolari ham 14 kunlik karantinga olinar edi.

Hozirda ekipaj a’zolari xorij davlatlariga uchib borishda o‘zlarining uniformalarida bo‘lishadi, chunki samolyot salonida yo‘lovchilar bo‘lmaydi.

Biroq qaytishda to‘liq himoya kiyimlarida bo‘lishadi. Ushbu ekipaj bir davlatdan fuqarolarni olib kelgach, ertasiga boshqa davlatga uchib ketishi mumkin.

Ular karantinga joylashtirilmaydi, biroq 14 kun davomida tibbiy kuzatuv ostida bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан