Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vazir o‘rinbosari Toshkent viloyatida bir necha rahbar xodimni ishdan oldi
13.02.2020 16:28,  
1111

1-10 fevral kunlari Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Aziz Toshpo‘latov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining tezkor xizmati faoliyati o‘rganildi. Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga muvofiq, o‘rganishlar viloyatning 22ta shahar-tuman ichki ishlar organlari boshqarmalari, bo‘lim va bo‘linmalarida olib borildi.

“O‘rganishlar davomida sayyor qabullar va yig‘ilishlar o‘tkazildi. Aholi xonadonlariga kirilib, fuqarolarning yashash sharoitlari, ularni qiynayotgan muammolar bilan yaqindan tanishildi, muammolarni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Yana bir e’tiborli jihati, polkovnik Aziz Toshpo‘latov Qibray tumanida joylashgan IIV 2-sonli akademik litseyida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarining takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi”, deyiladi Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati tomonidan Kun.uzʼga taqdim etilgan xabarda.

11 fevral kuni viloyat hokimligi majlislar zalida Aziz Toshpo‘latov hamda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov boshchiligida o‘rganishlar yakuniga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilishda viloyatdagi joriy kriminogen vaziyat, uning barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy ruhda tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar qizg‘in muhokama etilgan.

Jumladan, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Aziz Toshpo‘latov boshchiligidagi ishchi guruh tekshiruvi yakuniga ko‘ra Toshkent viloyatida bir necha rahbarlar, jumladan, Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i, Yangiyo‘l tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i hamda tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Yangiyo‘l shahri IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан