Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis deputatlarini qanday aldadi?
27.05.2019 14:48,  
33

Kunduz kuni chiroq yoqib yurishga jarima solish uchun deputatlarga boshqa sabab va ma’lum transportlar ko‘rsatilgan. Qarorda esa jarima barcha transportlarga qo‘llangan. Jarimalardan tushgan pullarning bir qismi esa ichki ishlar rahbariyati va xodimlarini rag‘batlantirishga sarflanadi, deb yozmoqda Minbar.uz nashri.

Oliy Majlis deputati Abdurashid Abduqodirovga ko‘ra, ijro hokimiyati kunduz kuni chiroq yoqib yurmaganlarni jarimaga tortish qoidasini joriy qilishda deputatlarni chalg‘itgan.

Jarimani kiritayotgan payt deputatlarning roziligini olish uchun boshqa sabab ko‘rsatilib, ko‘pchilik ovozi olingan.

"Jarimani biz avtobuslarda yoqilishi majburiy bo‘lganda, kolonna yoqib yurishi majburiy bo‘lganda deb belgilaganmiz. Hamma shofyorlar yoqib yuradi degan qoida u payti yo‘q edi. O‘shanda jarimani kiritganidan keyin, nechta avtobus bor, nechta qolonna yuradi? Soni oz, aholi bunga tushib qolish ehtimoli kam, lekin xavfsizlikka foydasi bo‘lgani uchun kiritganmiz", – deydi u.

Biroq O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 apreldagi 292-qarori bilan yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlarda kunduzi chiroq yoqish talabi barcha avtomobillarga nisbatan qo‘llangan.

Abduqodirov ushbu masalaga Adliya vazirligi yaxshilab e’tibor berishi kerakligini ta’kidlagan. Chunki Adliya vazirligi davlat tashkilotlari chiqargan qarorlarni ekspertizadan o‘tkazadi.

Jarimadan tushgan pullar bilan IIV rahbariyati rag‘batlantiriladi

Bundan tashqari kiritilgan jarimalardan tushgan mablag‘larning bir qismi ichki ishlar rahbariyati va xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi ma’lum bo‘ldi.

"O‘zbekiston" kanalida 24 may kuni efirga uzatilgan "Munosabat" ko‘rsatuvi haydovchilarning keskin noroziligiga sabab bo‘layotgan kunduz kuni avtomobil chirog‘ini yoqib yurish qoidaciga bag‘ishlandi.

Unda gapirgan Oliy Majlis deputati Abdurashid Abduqodirov yangi tartibni qo‘llashda idoraviy manfaatga e’tibor qaratdi.

"Balki bunaqa niyatlari yo‘qdir, lekin idoraviy manfaatdorlik degan tushuncha ham bor qonunchilikda. U yo bu nuqtai nazardan manfaatdorlik bo‘lishi mumkin. Qarorni qabul qilayotganlarida bu narsa ko‘zda tutilmagandir, lekin jarimalardan ichki ishlarning ikkita jamg‘armasiga ma’lum foiz ulush ajratiladi".

Deputatga ko‘ra, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari va rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga jarimadan keladigan mablag‘ning 10 foizi tushadi. Boshqa bandlari bo‘yicha jarimalardan 8 foizdan 55 foizgacha mablag‘ ajratiladi.

Abdurashid Abduqodirov yong‘in xavfsizligi va ichki ishlar vakili bergan statistik ma’lumotlarning chiroqlarni yoqib yurishga daxli yo‘qligini ham aytgan.

"Qaror may oyidan kuchga kirdi. Qarorni oqlab qanday qilib oxirgi 4 oyda avariya holatlari kamaydi deb aytayapsiz?", – degan u.

Qonunchilik palatasining boshqa hokimiyat idoralari tomonidan chuv tushirilishi ilk marotaba uchrayotgani yo‘q.

Xalq orasida "Avtotest" qonuni deya mashhur bo‘lgan yuridik shaxslar uchun malaka sertifikati borasida ham shunga o‘xshash holat bo‘lgani aytiladi.

7 may kuni kun.uz saytida chop qilingan va keyinchalik olib tashlangan maqolada senatorlar qonunni deputatlarning tahririni o‘zgartirib qabul qilgani yozilgandi.

"Holbuki, fevral oyi boshida Qonunchilik palatasi deputatlari «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qilishgan, tahrirga ko‘ra barcha haydovchilardan malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikat talab qilinishiga chek qo‘yilishi nazarda tutilgandi", – deyilgan maqolada.

Biroq Senat tomonidan qabul qilinib, prezidentga imzo chektirish uchun olib kirilgan qonun buning tom tersini ta’kidlaydi.

"Bu yerda o‘z-o‘zidan bir nechta savol paydo bo‘ladi. Deputatlar qabul qilgan qonun Senat tomonidan boricha qabul qilingan bo‘lsa, qanday qilib u o‘zgarib ketdi? Bu o‘zgarishdan, barcha yuridik shaxs haydovchilarida malaka oshirgani to‘g‘risida sertifikati bo‘lishi lozimligidan kimlar manfaatdor?

Deputatlar tahrirlagan qonun loyihasi qayerda? Ularning o‘zlari bu haqda nega jim?", – deya savol bergandi kun.uz jurnalisti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан