Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vazirlar Mahkamasi xodimida koronavirus aniqlandi. Hukumat binosi qat’iy karantinga olindi
17.06.2020 21:54,  
1010

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasidagi departament mudirlaridan birida koronavirus aniqlandi. Bu haqdagi xabarlar avvaliga ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu haqda «Daryo» nashri hukumatdagi manbasi tasdiqlagan ma’lumot asosida xabar berdi.

Ayni paytda hukumat binosi qat’iy karantinga olingan.

16 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda Prezident Toshkent shahrida so‘nggi ikki haftada aholi orasida 482 kishida koronavirus aniqlangani, 57 holatda virusni yuqtirish manbasi noma’lumligini aytgandi. Bu kabi holatlar boshqa hududlarda ham kuzatilayotganini ta’kidlagandi. «Agar vaziyat shunday davom etsa, viloyatlar va ko‘p shaharlarni yopishga majbur bo‘lamiz», — degandi Shavkat Mirziyoyev.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан