Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vazirlar Mahkamasida koronavirusning turizm sohasi rivojiga ta’siri muhokama etildi
6.03.2020 08:49,  
175

4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi a’zolari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari va turizm sohasi sub’yektlari ishtirokida Covid-19 – koronavirusning O‘zbekiston turizm sohasi rivojiga ta’sirini o‘rganish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida tashkil etilgan tadbirda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va ushbu hududlardagi soha tadbirkorlari, Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, Otelerlar assotsiatsiyasi, Oshpazlar, Restoratorlar uyushmalari rahbarlari va a’zolari qatnashdi.

Hukumat a’zolari tomonidan koronavirus tarqalishining O‘zbekistonga kirib kelishi oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida tadbirkorlarga batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, bugungi kunda turizm sohasi sub’yektlari faoliyatida qayd etilayotgan zararlar, jumladan sayyohlik guruhlarini jalb qilish bilan bog‘liq muammolar muhokamaga qo‘yildi.

Davlat idoralari va biznes vakillari o‘rtasida ushbu muammolarni operativ hal qilish hamda ushbu yo‘nalishda qo‘shimcha imkoniyatlarni izlash, dolzarb muammolarga tezkor yechim topishga doir muhokamalar olib borildi. Tadbir doirasida xususiy sektor vakillari ushbu masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Tadbir so‘ngida koronavirusning sohaga ta’sirini pasaytirish yuzasidan tezkor chora tadbirlar rejasi qabul qilinishiga kelishib olindi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi vaqtlarda qator xorijiy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston eng xavfsiz, shuningdek koronavirusdan xoli mamlakatlar qatorida qayd etilmoqda. Bu esa nafaqat tashqi, balki ichki turizmni yanada rivojlantirish uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан