Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vazirlar Mahkamasida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari sho‘’basi tashkil etildi
26.02.2020 20:19,  
185

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4612-son, 24.02.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida qator lavozimlar va kotibiyatlar tugatildi, yangilari kiritildi.

Jumladan, Bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri lavozimi tugatildi, Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimi kiritildi.

Bundan tashqari, Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati etib qayta tashkil qilindi va uning tarkibida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari sho‘’basi tashkil etildi.

Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - iqtisodiyot va sanoat vaziri zimmasiga mavjud vazifalar bilan bir qatorda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklandi:

- respublikada kambag‘allikka oid real ahvolni o‘rganish, xalqaro tashkilotlar, jumladan moliya institutlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni bartaraf etishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyalari hamda dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash;

- aholida, ayniqsa, yoshlar va ayollarda biznes yuritish va tadbirkorlikning zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash tizimini isloh qilish.

Qaror bilan Bosh vazirga o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni hal qilishning muhimligi va natijadorligini hisobga olgan holda, zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasi xodimlarining umumiy shtatlari soni doirasida uning ijro etuvchi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан