Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vazirlik: Xavfsizlik nuqtai nazaridan 21 dekabr kuni barcha talabalar turar joylari yopiladi
19.12.2019 17:58,  
258

Bir necha soat avval bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ushbu xabarga e’tibor qaratishini so‘rab, post qoldirdi. Postda bir talabaning quyidagi izohlari keltirilgan edi:

“Aka assalomu alaykum... Savolim bor: agar ertaga rasman ta’til boshlanadigan bo‘lsa, unda nima uchun talabalarni yotoqxonadan bugun chiqib ketishlarini talab qilishyapti? Bu qanchalik qonuniy? Axir, monopoliya tufayli, viloyatlik talabalar uchun (chiptalar) 19, 20, 21 hatto 22 - dekabrga ham 1 oy oldin tugagan edi. U bechoralar nima qilishadi endi? Agar ularni boshqa joyda turish uchun sharoitlari bo‘lganida, yotoqxonada turishmagan bo‘lar edi, nazarimda. Iltimos, javob bering. Guruhdoshlarim sarson”.

Kechroq sanalarga bilet olgan talabalarni yotoqxonadan chiqarib yubormaslik haqida umumiy topshiriq berilsa va bu bo‘yicha vazirlik rasmiy munosabat bildirsa yaxshi bo‘lardi, deya o‘z postini yakunlagan Xushnudbek.

Shundan so‘ng, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu masala yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, 2019 yil 20 dekabrdan 2020 yil 6 yanvargacha oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey hamda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari qishki ta’tilga chiqishadi.

Qishki ta’til muddati talabalarga konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda 2019 yilning 22 dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlarida ishtirok etishlari uchun o‘zgartirildi.

Toshkent shahridagi talabalar turar joylarida 89 mingdan ziyod yoshlar istiqomat qiladi. Muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va xavfsizlik nuqtai nazaridan 2019 yil 21 dekabr kuni barcha talabalar turar joylari yopiladi.

Yangi yil va saylov munosabati bilan avia va temir yo‘l chiptalariga talabning ortishi hamda boshqa uzrli sabablarga ko‘ra doimiy yashash manziliga ketishga kechikadigan talabalarga sharoit yaratiladi. Talabalar turar joyida hech kim sababsiz chiqarib yuborilmaydi, deb ta’kidlaydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан