Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vazir, hokim va idoralarning rahbarlari maktablarni otaliqqa oladigan bo‘ldi
20.02.2020 12:42,  
174

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli topshirig‘i bilan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyatlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablariga otaliqqa biriktirildi.

Jumladan, vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari Toshkent shahridagi 302 ta umumta’lim maktabini otaliqqa oldi. Shu bilan bilan birga, mahalliy davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari 119 ta maktab, sektor rahbarlari 815 ta maktabga biriktirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Biriktirilgan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyatlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari har oy otaliqqa olingan maktablariga tashrif buyuradi. Tashrif doirasida ular “Vazir soati”, “Hokim soati”, “Tadbirkor va bankirlar sabog‘i”, “Hayot saboqlari” kabi ochiq darslarini o‘tkazish bilan birga o‘quv muassasasi faoliyati va muammolari bilan yaqindan tanishib boradi.

Umumta’lim maktabi (filiali) binosini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani (trotuarlar, yo‘llar va boshqalar) zarur holatda saqlash choralarini ko‘rish bo‘yicha ishlarni o‘z nazoratiga oladi.

O‘z o‘rnida biriktirilgan rahbarlar maktablarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, jihozlash, jumladan, kutubxonalarni yangi adabiyotlar bilan boyitish, o‘quv muassasasini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘mak beradi.

Rahbarlarga yuklatilgan vazifalar orasida maktablarni yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga o‘z vaqtida va samarali tayyorlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish hamda Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha umumta’lim maktablarini tayyorlash va bu yo‘nalishda o‘tkaziladigan tadbirlarga homiylik qilish ham nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан