Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vaziyat borgan sari jiddiylashmoqda. Hindiston Pokistonning qiruvchi samolyotini urib tushirdi
27.02.2019 16:22,  
4

Hindiston Kashmir osmonida Pokistonning qiruvchi samolyotini urib tushirganini ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Pokiston aviatsiyasi o‘z vaqtida aniqlandi va Hindiston harbiy-havo kuchlari darhol javob qaytarishdi”, - dedi Hindiston TIV rasmiy vakili Ravish Kumar.

U Hindiston o‘zining MiG-21 samolyotini yo‘qotganini va uchuvchi bedarak yo‘qolganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston armiyasi chorshanba kuni ertalab mamlakatning bahsli mintaqasi Kashmirda Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirgani haqida xabar qilingan edi.Pokiston TIV Islomobod o‘z-o‘zini mudofaa qilishga qodirligini namoyish etganini ma’lum qilgan edi.

Islomobod va Nyu-Dehli munosabatlari keskinlashgan. Tomonlar o‘rtasida siyosiy, tarixiy va hududiy, xususan, Kashmir viloyatining maqomi yuzasidan kelishmovchiliklar mavjud.

Kashmir – bahsli hudud. U yerda mustaqillikka erishish yoki Pokistonga qo‘shilish tarafdori bo‘lganlar faol harakat qilishmoqda.

Nyu-Dehli Pokiston hukumatini qurolli tarafdorlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda, Islomobod esa aybdovni rad etmoqda.

Mamlakatlar o‘rtasidagi nizo 14 fevraldan so‘ng yanada keskinlashdi. Xudkush terrorchi Hindiston harbiy politsiyasi kolonnasi yonida o‘zini portlatib yubordi. Oqibatda 45 kishi halok bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан