Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Venetsiya arxitektura biyennalesida O‘zbekistonning birinchi Milliy paviloni tantanali tarzda ochildi
22.05.2021 16:04,  
73

O‘zbekiston joriy yil 22 may - 21 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Venetsiya arxitektura biyennalesida ilk marotaba "Mahalla: shahar va qishloq hayoti" mavzusidagi Milliy pavilon bilan ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston Milliy pavilonining debyut loyihasi ochilishida Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy paviloni tashkiliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerova, shuningdek, Venetsiya biyennalesi prezidenti Roberto Chikutto, YuNESKO bosh direktori Odri Azule va boshqalar ishtirok etdi.

Aziz Abduhakimov «La Biennale Di Venezia» xalqaro arxitektura biyennalesida O‘zbekiston Milliy pavilonining birinchi loyihasini taqdim etishdan mamnuniyat izhor qildi. U mamlakatimizning boy me’moriy merosi va zamonaviy madaniy, akademik va professional yutuqlari xalqaro muloqotning to‘liq ishtirokchisi bo‘lish, samarali madaniy almashinuvni amalga oshirish, xorijiy ekspertlarni dolzarb mintaqaviy va global masalalarni muhokama qilishga taklif qilish imkonini berishini ta’kidladi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva milliy merosni asrab avaylash va shu bilan birga uni jadal o‘zgarib borayotgan dunyo talablariga moslashtirishdek dolzarb vazifalar bajarilayotganiga e’tibor qaratdi. Venetsiya biyennalesidagi Milliy pavilon ana shu yo‘nalishda akademik va badiiy tadqiqotlar o‘tkazish, dunyoning eng yaxshi mutaxassislari bilan muloqot qilish va hamkorlikdagi bajarilgan ishlar natijalarini keng jamoatchilikka namoyish etish uchun qulay maydoncha ekani ta’kidlandi.

- O‘zbekistonni birinchi Milliy pavilon ochilishi bilan tabriklayman, - dedi Venetsiya biyennalesi prezidenti Roberto Chikutto. - Bu mamlakat uchun juda muhim loyihadir. Kuratorlar o‘zbek mahallasi muhitini yaratib, o‘z fikr-mulohazalarini keng jamoatchilikka yetkaza oldi, deb hisoblayman. Biyennale mehmonlari uchun O‘zbekiston paviloniga tashrif buyurish, o‘zbek an’analari va madaniyatini his qilish qiziqarli bo‘ladi.

YuNESKO Bosh direktori Odri Azule yig‘ilganlar e’tiborini ushbu voqea O‘zbekiston uchun katta tajriba ekaniga qaratdi. “Men uchun O‘zbekistonning birinchi Milliy pavilonining ochilishida qatnashish katta qiziqish uyg‘otdi. Mamlakat o‘zining boy madaniyati va tarixi bilan mashhur bo‘lib, bularning barchasi mazkur loyihada o‘z ifodasini topgan”.

Pavilon komissari Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hisoblanadi. Loyihaning asosiy maqsadi global madaniy makonda milliy mavjudlikni mustahkamlashdan iborat.

Tadqiqotlarning muhim qismi Toshkentda bo‘lib o‘tdi, deya tushuntirdi loyiha komissari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerova. U ushbu tadqiqot va hujjatlar loyihasi Emanuel Krist va Kristof Gantenbeyn rahbarligida, kichik kurator va tadqiqotchi Viktoriya Iston bilan hamkorlikda amalga oshirilganini ta’kidladi. «ETH Zurich» jamoasi mahalliy konsultantlar, talabalar va Zamonaviy san’at markazi laboratoriyasi vakillari bilan yaqindan hamkorlik qildi.

Ijodiy jamoa O‘zbekistonga bir necha marta tashrif buyurib, mahallalar hayotini o‘rgangan, oddiy insonlar bilan suhbatlashib, foto va audiomahsulotlar to‘plagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан