Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Venetsiya dunyoda yagona emas. Suv ustida joylashgan eng go‘zal 7 shahar (foto)
18.10.2019 17:31,  
3506

Venetsiya o‘zining tor ko‘chalari va chiroyli kanallari bilan uzoq vaqt sayyohlarni o‘ziga jalb qildi. Ammo suv ustida qurilgan shahar faqatgina Venetsiya emas, jozibasi hamda chiroyi u bilan teng shaharlar mavjud, ularning aksariyati itlayan shahrining mashhurligi soyasida qolmoqda. Most-beauty.ru mana shunday shaharlar ro‘yxatini tuzdi.

Bryugge - «Shimoliy Venetsiya»

O‘rta asrlarga xos jozibasini saqlab qolgan markaziy va chiroyli kanallari bilan Belgiyaning Bryugge shahrini «Shimoliy Venetsiya» deb atashadi. Bu yerda turfa rangli gondolalar (Venetsiyaning eshkakli qayiqlari) yo‘q, biroq agar sayyohlar xohlashsa, oq rangdagi qayiqlarda Bryugge kanallarida sayohat qilishlari hamda suv ustidagi shahar go‘zalligidan bahra olishlari mumkin.

Bryuggening Rosenxoyedkay va Grena Rey kanallaridagi kema sayrlarini Venetsiyadagisi bilan taqqoslashingiz mumkin. Bu yerda Bryugge Ganza shaharlar ittifoqida asosiy savdo markazlaridan biri bo‘lgan hamda yevropaliklar uning ko‘chalari va kanallarini kesib o‘tgan XII-XV asrlardagi tarixiy obidalarni ko‘rishingiz mumkin.

Xuddi o‘sha paytlardagi kabi, hozir ham Bryugge sayyohlar bilan to‘la. Faqat hozir odamlarni savdo-sotiq va bir toy gazlama narxidan ko‘ra, kanallar va belgiyacha ichimliklar narxi qiziqtiradi.

Udaypur — «hind Venetsiyasi»

Rajastondagi Aravalli tepaliklari atrofida qurilgan Udaypurni ichimlik suvi bilan va atrofdagi qishloqlarni sug‘orish uchun suv bilan ta’minlaydigan ko‘llari tufayli Venetsiya bilan qiyoslanadi. Italyan shahri yilda bir marta bo‘ladigan karnavallari bilan mashhur bo‘lsa, Udaypurda an’anaviy festivallar va bayramlar yil davomida o‘tkaziladi. Bu yerda har bir bayram avvalgisidan yorqinroq va qiziqarliroq bo‘ladi. Gangapur, Mevara, Shilpram shular jumlasidandir.

Venetsiyaning analogini ko‘rish uchun Pichola ko‘liga tashrif buyurish kerak. Bu yerdagi to‘rtta orolda qadimiy saroylar qad rostlagan. Picholaning eng diqqatga sazovor joyi hozirda mehmonxonaga aylantirilgan «Ko‘llar saroyi»dir. U boburiylar hukmronligining noyob me’morchilik obidalaridan biri.

Resifi — «Braziliya Venetsiyasi»

XVI asrda portugallar tomonidan asos solingan va keyinchalik gollandlar tomonidan bosib olingan Resifi shimoli-sharqiy Braziliyaning muhim shaharlaridan biridir. Shahar Atlantika sohilida, Kapibaribe va Beberibe daryolari orasida joylashgan. Shahardagi ko‘plab ko‘priklar, kanallari uchun ham odamlar uni «Braziliya Venetsiyasi» deb atashadi.

Suchjou — «Sharqiy Venetsiya»

Dunyoning ko‘plab diqqatga sazovor joylarining nusxasi bo‘lgan Xitoyda eng mashhur turistik shaharlaridan biri - Venetsiyaning analogi bo‘lmasligi dargumon edi. Shanxaydan 99 km shimoli-g‘arbda joylashgan, 4 million kishi istiqomat qiladigan Suchjou Xitoyning yirik iqtisodiy markazlaridan biri. Yanszi daryosining quyi oqimida joylashgan shahar xan sulolasi davrida muhim savdo markazi bo‘lgan.

Zamonaviy Suchjouninig tarixiy markazi orqali tosh ko‘priklar, bejirim pagodalar (xitoycha uychalar) va manzarali bog‘lar orqali kanallar tarmog‘i barpo etilgan. Bunday betakror landshaftlari tufayli shahar YuNESKOning «Butun jahon madaniy merosi» ro‘yxatidan joy olgan. O‘rta asrlarda Xitoyga tashrif buyurgan italiyalik sayyoh Marko Polo ilk bora uni «Sharq Venetsiyasi» deb atagan.

Nan-Madol — «Tinch okeanidagi Venetsiya»

Mikroneziya Federativ Shtatlari tarkibidagi qadimiy Nan-Madol shahri 92 ta sun’iy orollar arxipelagi ustida qurilgan va ular kanallar yordamida bir-biri bilan bog‘langan.

Nan-Madoldagi binolar, vulqon asosli bazalt bloklardan qilingan. Bunday inshootlarning devorlari balandligi 15 m gacha, qalinligi esa 5 m ga etadi. Shaharda shoh maqbaralari mavjud. Afsonaga ko‘ra, bu la’natlangan joyda 1907 yilda buzilmas tinchlik bitimi buzilgan.

Birmengem — «Britaniya Venetsiyasi»

Buyuk Britaniyaliklar o‘z shaharlarini tez-tez Venetsiya bilan taqqoslab turishadi. Venetsiyadagi kabi, bu shaharda ham kanallar tizimi mavjud. Bundan tashqari Birmengem kanallarining umumiy uzunligi taxminan 56 km, Venetsiyaning o‘zida esa atigi 41 km.

Bu yerda italyancha gondolalar o‘rniga kanoeda sayr qilishingiz mumkin.

Voy-voy — «Avstraliya Venetsiyasi»

Voy-Voy Sidneydan shimolda joylashgan kichik qirg‘oq shahar bo‘lib, u yozuvchi Spike Milligan tufayli alohida shuhrat qozongan. Uning oilasi 1950 yillarda ko‘chib kelgan va u umrining bir qismida yashagan va u yerda uchta kitob yozganiga qaramay shaharni «yer ustidagi eng katta qabriston» deb ta’riflagan.

Suv kanallari, milliy park va uzun qumli plyajlar bilan o‘ralgan Voy-Voy, Sidneydan bir kunlik sayohat uchun ajoyib joy. Bu erda siz baliq oviga va Ettalong Beachda plyaj ta’tiliga borishingiz mumkin. 1936 yildan beri mahalliy aholi o‘z shaharlarini «Avstraliyaning Venetsiyasi» deb nomlashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан