Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Venera sayyorasida hayot izlari topildi
15.09.2020 15:04,  
427

Veneraning yuqori qatlamida ba’zi tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqarilgan fosfin gazining izlari topildi. Bu haqda  Buyuuk Britaniya Qirollik astronomiya jamiyati xabar bermoqda.

Kashfiyot Kardiff universiteti (Buyuk Britaniya) va Massachusets texnologiya instituti (AQSh) olimlari tomonidan Gavayidagi Jeyms Klark Maksvell teleskopi va Chilidagi Atakama katta millimetr to‘lqinli antenna massivi yordamida amalga oshirildi.

Voqeani sharhlar ekan NASA direktori Jim Braydenstayn Veneraga eng ustuvor vazifa sifatida qarash vaqti kelganini aytdi.

 

"Anaerob biologiyaning yon mahsuloti bo‘lgan fosfinning aniqlanishi, Yerdan tashqari hayot yaratish uchun eng muhim voqea", - deb yozdi Braydenstayn o‘zining Tvitter sahifasida.

Fosfin – rangsiz, juda zaharli gaz. Yerda u kislorodni talab qilmaydigan anayerob mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladi. 2019 yilda ekzoplanetalar (boshqa yulduzlar atrofidagi sayyoralar) atmosferasida fosfinni izlash ulardagi mumkin bo‘lgan hayotning belgisi sifatida taklif qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан