Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Venerada hayotning ikkinchi alomati aniqlandi
19.10.2020 10:20,  
214

Olimlar Venera sayyorasida eng oddiy aminokislota glitsinini topdilar, bu sayyorada hayot mavjudligini ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda G‘arbiy Bengaliyaning Midnapur kollejidan Arijita Mannaning arXiv portalida chop etilgan maqolasida aytilgan.

Glitsin Atakama katta antenna massivi yordamida topilgan. Radio teleskop sayyoramizning o‘rta kengliklarida 261,87 gigagersli chastotada o‘ziga xos glitsin yutish chizig‘ini aniqladi. Ekvator yaqinida eng ko‘p signal tutilgan; qutblar yonida kuzatilmagan.

"Astrofizika, kimyoviy fizika va biofizikada oddiy molekulalardan eng oddiy aminokislota glitsinini sintez qilish usullari kimyoviy evolyusiyasi va hayotning kelib chiqishi uchun katta ahamiyatga ega", - deb ta’kidlaydi tadqiqot muallifi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kashfiyot Venera atmosferasida erta hayot shakllari mavjudligini ko‘rsatishi mumkin.

Venera atmosferasini o‘rganish masalasi Massachusets va Kardiff olimlari sentyabr oyida sayyora bulutlarida fosfin gazi topilganligini e’lon qilganidan keyin ayniqsa dolzarb bo‘lib qoldi, bu sayyorada hayot mavjudligini ko‘rsatishi mumkin.

 

Venera sayyorasida hayot izlari topildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан