Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vengriya tashqi ishlar vaziri beg‘araz yordam yo‘llagan O‘zbekiston hukumatiga tashakkur izhor etdi
28.03.2020 14:40,  
509

Vengriya tashqi ishlar va tashqi tijorat vaziri Peter Szijjarto koronavirusga qarshi kurashish uchun yordam qilgan O‘zbekiston va Turkiyaga minnatdorlik izhor etdi. 

Vengriya tashqi ishlar va tashqi tijorat vaziri Peter Szijjarto o‘z Feysbuk hisobida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi mamlakatda koronavirusga qarshi kurashishga yordam berganini e’tirof etdi.

U Vengriyaga O‘zbekiston hukumati tomonidan 150 000 tibbiyot niqobi, Turkiya hukumati tarafidan tibbiyot niqobi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 8 tonna tekstil mahsuloti yuborilgani ta’kidladi. 

"O‘zbek va turk hukumatlarining yordami uchun tashakkur izhor qilaman. Haqiqiy do‘st boshga kulfat tushganda qilinadi", deb yozdi Vengriya tashqi ishlar va tashqi tijorat vaziri.

Vazir o‘z postiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzaqovning maktubini ilova qildi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан