Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vetnam COVID-19 avj olgani uchun 80 000 sayyohni mashhur kurortdan evakuatsiya qilmoqda
27.07.2020 20:13,  
208

99 kundan beri COVID-19 qayd etilmagan Vetnamda yana koronavirus yuqtirganlar aniqlandi. 

Qayd etilgan to‘rtta holatdan uchtasi Da Nang dengiz sohilidagi kurort shaharda qayd etilgan. Bemorlarning barchasi mamlakatdan tashqarida bo‘lmagan, demak, epidemiya Vetnamda joylashgan va mamlakat hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyining boshlarida paydo bo‘lgan bo‘lishi kerak. To‘rt bemorning ikkitasi og‘ir ahvolda, ular sun’iy nafas oldirish (IVL) apparatga ulangan.

Vetnam ma’murlari Da Nangda qat’iy karantin choralarini qo‘lladilar va to‘rt kun ichida shaharda 80 ming sayyohni, asosan Vetnam fuqarolarini olib chiqishni tashkillashtirishmoqda.

Hozirgacha Vetnam Janubi-Sharqiy Osiyoda COVID-19 dan eng xavfsiz mamlakat deb hisoblanar edi. Umuman olganda, mamlakatda pandemiya davrida 420 ta holat qayd etilgan va birorta ham o‘lim kuzatilmagan. 2020 yil fevral oyida Vetnam Xitoydan keyin birinchi bo‘lib keng ko‘lamli karantinni joriy qildi va chet elliklar uchun chegaralarini butunlay yopib qo‘ydi.

Boshqa mamlakatlarda ham COVID-19 ikkinchi to‘lqinining boshlanishi aniqroq namoyon bo‘lmoqda. Bir kun oldin, Xitoyda yangi infeksiyaning eng ko‘p soni mart o‘rtalaridan beri qayd etilgan. Yangi holatlarning ko‘payishi Ispaniya va Germaniyada ham kuzatilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан