Video: Sergelida lo‘lilarni quvayotgan militsiya xodimi

Video: Sergelida lo‘lilarni quvayotgan militsiya xodimi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Sergeli tumanida eshak aravada harakatlanayotgan lo‘lilarni quvayotgan ichki ishlar organi xodimi tasvirlangan video tarqaldi.

Videodan ko‘rish mumkinki, lo‘lilardan biri yerusti metro yo‘lining ustunlari oralab qochib ketgan, huquq-tartibot organi xodimi esa uning ortidan quvishga tushgan. Ayol kishi boshqaruvidagi eshak arava esa katta tezlikda avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

Avvalroq Toshkentda Pokistondan kelgan tilanchilar ko‘paygani ma’lum qilingandi.