Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Videoga oladigan bloger GAI» voqeasi bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda
18.05.2021 17:06,  
424

Ijtimoiy tarmoqda «Videoga oladigan bloger GAI» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

«Joriy yilning 12 may kuni Andijon viloyati IIB YHXB YPX xodimi A.Qurbonov Andijon shahar, Yu.Otabekova ko‘chasida «Damas» rusumli avtomobilni to‘xtatgan va haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan B.Sh.ga nisbatan avtomobilni tegishli hujjatsiz boshqarganligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Shundan so‘ng, haydovchi va o‘zini «haydovchining otasiman» deb tanishtirgan fuqaro YPX xodimining yoniga kelib turli izohlar talab qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda» deyiladi Bosh boshqarma axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан