Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Videosi tarqalgan andijonlik erkatoy haydovchilarga chora ko‘rildi
31.05.2021 12:01,  
358

Ijtimoiy tarmoqda "Kim bu erkatoylar?" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan YHXBB rasmiy  ma’lumot berdi.   

️Holat joriy yilning 25 may kuni, Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, "Yuqori" MFY hududida sodir bo‘lgan. Ushbu hududda xizmat olib borgan YPX xodimi O.Ortiqov tomonidan jami 5 ta "Lasetti" va 1 ta "Neksiya-3" rusumli avtomobillar to‘xtatilgan.

Avtomobillar haydovchilariga nisbatan qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan.

Shundan so‘ng, qoidabuzarlik sodir etgan 11-sinf bitiruvchilarining ota-onalari, maktab direktori va sinf rahbarlari o‘rtasida muhokama o‘tkazilib tegishli choralar belgilangan.

"️Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, ota-onalardan haydovchilik guvohnomasi olmagan farzandlariga avtotransport vositasini boshqarishiga ruxsat bermasliklarini so‘raymiz" deyiladi xabarda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан