Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartirishlar Qonunchilik palatasida qabul qilindi
15.09.2020 12:34,  
282

Qonunchilik palatasida "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda deputat Rasul Kusherboyev xabar qildi.

Qonun loyihasida xususan quyidagilar belgilanmoqda: 

- har bir shaxsning diniy ta’lim muassasalarida professional ta’lim olish, shuningdek, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o‘z farzandlariga diniy amaliyot asoslari va odob-axloq qoidalarini (uy sharoitida ta’lim berish) o‘rgatish huquqini berish; 

-diniy tashkilotlar mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) bo‘yicha sudga murojaatlar qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etish; 

-diniy tashkilot ro‘yxatdan o‘tish jarayonida mahalla ishtirokini bekor qilish; 

- mahalliy diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talab qilinadigan shaxslar sonini 100 tadan 50 tagacha qisqartirish; 

-fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik talabini bekor qilish. 

Qonun loyihasi uchta o‘qishda ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan ma’qullangan taqdirda Senatga yuboriladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан