Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Viloyatda kim majburiy mehnatga yo‘l qo‘ysa, shaxsan o‘zim uni ishdan olaman» — Qashqadaryo hokimi
21.08.2021 18:48,  
71

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev endilikda viloyatda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan rahbarni — xoh u tibbiyotda bo‘lsin, xoh ta’lim tizimidagi rahbar — shaxsan o‘zi uni ishdan olishini ma’lum qildi, deya xabar berdi «Daryo».

Ta’kidlanishicha, Zoir Mirzayev bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusi yuzasidan viloyatda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilgan.

«Afsuski, ta’limda ham rahbarlarni tayinlashda paxta yig‘im-terimidagi xatti-harakatiga qarab, rahbarlikka tayinlaydigan bo‘lib qolgandik. Bu esa o‘zining salbiy natijalarini ko‘rsatdi. Va haligacha buning asoratlarini ko‘ryapmiz», — dedi viloyat hokimi Zoir Mirzayev.

Hokim, shuningdek, ayni kunda ham viloyatda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilayotganini aytib, «bundan keyin kim majburiy mehnatga yo‘l qo‘ysa, xoh u ta’limda bo‘lsin, xoh tibbiyotda, shaxsan o‘zim uni ishdan olaman», —  dedi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан