Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Virusli pnevmoniyada antibiotikdan foydalansa bo‘ladimi?
17.10.2020 16:15,  
635

Bugun AOKAda Koroanvirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan kelgan muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

— Men koronavirus infeksiyasi bilan kasallandim. Menga shifokor bakterial asoratlarni olish uchun ichishingiz kerak deb tavsiyalarda 2 ta antibiotik yozib berdi. Chunki o‘pkada 10% zararlanish bor ekan. Bu to‘g‘rimi?

— Viruslar, bakteriyalar va zamburug‘lar pnevmoniyani keltirib chiqarishi mumkin.  Koronovirus  kasalligi keltirib chiqaradigan pnevmoniya bu virusli pnevmoniya hisoblanadi. Virusli pnevmoniyada antibiotiklar ishlatilmaydi. Chunki antibiotiklar asosan bakteriyaga qarshi ishlatiladi. 

Koronovirus chaqirgan pnevmoniyada uni bakterial asoratlarni oldini olish maqsadida ham  umuman ishlatib bo‘lmaydi. Ularning ta’sirida organizm uchun kerakli bo‘lgan mikroorganizmlar halok bo‘ladi. Qonda kerakli mikroelementlar parchalanishi va organizmdan chiqib ketishini kuchaytiradi. Bu esa organizmda immunitetni pasayishiga va organizmga qo‘shimcha boshqa infeksiyalar qo‘shilgan xolda boshqa yuqumli kasalliklar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 

Lekin koronovirusda shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra qo‘llaniladigan  azitromitsin, noantibiotik asosan  antifibrotik effektini hisobga olgan holda  ishlatiladi. U   virusni hujayralarga yopishishini sekinlashtirish, tavsiyadagi boshqa dori vositalarini ta’sirini oshirish va o‘pka to‘qimasidagi  fibroz jarayonini (chandiqni) oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.  

Antibiotiklar tavsiya qilish uchun bir qator ko‘rsatmalar bo‘lishi kerak: bular yiringli balg‘am paydo bo‘lishi, qon tahlilidagi o‘zgarishlar, ya’ni leykotsitlar va neytrofillarni oshishi, yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini s-reaktiv oqsilni oshishi  hisoblanadi. 

Antibiotiklarni tavsiya qilish uchun organizm suyukliklaridan bakteriologik ekmaga tahlil qilinadi (bak.pasev). Ushbu jarayon davrida o‘sib chiqadigan infeksiyaga qarshi ta’sir etuvchi antibiotik turi belgilanganiga qarab antibiotikning birini tavsiya qilish mumkin. 

Bu davrda pala partish qabul qilingan antibiotiklar viruslarga qarshi emas, balki   jigar, buyrak va ichaklarga nojo‘ya ta’sir qiladi va turli asoratlarga olib keladi.

Sizga uchastka shifokoringizga murojaat qilishingizni hamda hammani maslahati orqali davolanmaslikni tavsiya etamiz. Chunki barcha koronovirus kasallariga javobgar shifokorlar SSV tomonidan o‘qitilganlar va o‘qitilmoqdalar. Ular vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan davolash  protokollari asosida davolash ishlarini olib boradilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан