Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vladimir Putin rossiyaliklarga muhim murojaat bilan chiqdi (video)
26.03.2020 11:32,  
1006

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat bo‘ylab shiddat bilan koronavirus tarqalishi bo‘yicha mamlakat fuqarolariga murojaat qildi.

Butun dunyo iqtisodiyoti inqiroz oldida turibdi. Biz kasallikning keng va tez tarqalishini to‘xtata olamiz. Mamlakatimizni butunlay himoya qilish ob’yektiv ravishda mumkin emas. Bizning qo‘limizdan kelayotgan va qilayotgan ishimiz bu professional tarzda hamda tashkillashtirilgan tartibda ishlashdir. Va bu yerda asosiy ustuvorlik fuqarolarimizning hayoti va sog‘lig‘idir, deya TASS  prezident Putinni so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

- 28 martdan 5 aprelga qadar bir hafta ish haqi miqdori saqlanib qolib, dam olish kuni hisoblanadi. "Endi eng xavfsiz narsa bu uyda qolishdir", dedi prezident. Faqat shifokorlar, oziq-ovqat do‘konlari va moliyaviy institutlar ishlaydi;

- Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish noma’lum muddatga qoldirildi;

- 1 million rubldan ortiq sarmoyasi bo‘lgan fuqarolar uchun omonatlar va qimmatli qog‘ozlardan olinadigan foizli daromadlarga 13 foiz stavka bo‘yicha soliq joriy etildi. Ma’lum bo‘lishicha, "boylar" uchun obligatsiyalar bo‘yicha imtiyozlar yo‘qoladi;

- Agar jismoniy shaxslarning daromadi 30% ga kamaygan bo‘lsa, iste’mol va ipoteka kreditlari bo‘yicha ta’til joriy etiladi. Jazo yo‘q;

- Onalik kapital olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar, kelgusi 3 oyda bola uchun qo‘shimcha ravishda 5 ming rubl oladi;

- Kichik va o‘rta biznes bo‘yicha QQS dan boshqa barcha soliqlar to‘lovi 6 oy muddatga uzaytiriladi;

- Kichik va o‘rta biznes uchun ish haqidan sug‘urta badallari 30 foizdan 15 foizga kamaytirildi;

- Offshor yurisdiksiyalarga daromadlarni olib chiqish - 15% soliq joriy etildi.

"Barcha imkoniyatlar va resurslar o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish va profilaktika tizimini joriy etish bilan bog‘liq. Men, ayniqsa, olimlarimizga, shifokorlarimizga, o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshiralarga, kasalxonalar, klinikalar, tez tibbiy yordam xizmatlariga murojaat qilmoqchiman. Endi siz mamlakatni himoya qilishning boshida turibsiz. Barchangizga samimiy mehnatingiz uchun minnatdorchilik bildiraman", dedi Putin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан