Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Vnukovo aeroporti O‘zbekistondan parvozlar aprel-may oyida qayta tiklanishiga umid qilmoqda
4.03.2021 19:57,  
154

Rossiyaning Vnukovo aeroporti joriy yilning aprel-may oylaridanoq qator yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar qayta tiklanishiga umid qilmoqda. Bu haqda direktorlar kengashi rahbari, aeroportning sheriklikdagi egasi Vitaliy Vansev ma’lum qildi deya — xabar bermoqda Sputnik.

Vansev birinchi navbatda O‘zbekiston va Tojikiston bilan aviaqatnov tiklanishiga umid bildirdi.

“Biz aprel-may oylaridan har holda hamkorlarimiz – MDH mamlakatlari bilan ochilishini kutyapmiz, avvalo, O‘zbekiston va Tojikiston bilan. U yerda epidemiologik vaziyat bizga qaraganda ancha yaxshiroq. Bilganingizdek, bizda ham u barqarorlashmoqda, shuning uchun bu ikki bozor biz uchun ochilishiga umid bor”, - dedi Vitaliy Vansev. Uning so‘zlaridan RIA Novosi iqtibos keltirgan.

Vnukovo aeroporti avgust-sentyabr oyiga kelib barcha xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarning to‘liq tiklanishiga umid qilmoqda.

“Xalqaro reyslar ochilishi bilan yo‘lovchilar oqimi tiklanishiga umid qilyapmiz.  O‘ylaymanki, har holda barcha xalqaro yo‘nalishlar ochiladi, ehtimol, avgust-sentyabr oyiga kelib”,  - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskvaga tashrifi davomida rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasini muhokama qilgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hukumat Rossiya maxsus komissiyasiga muntazam parvozlarni qayta tiklashni taklif qilib, murojaat yo‘llaganini ma’lum qilgan edi. U joriy yil mart-aprel oyida biror bir ijobiy javob bo‘lishiga umid bildirilayotganini ta’kidlagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан