Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Vnukovo" aeroportida qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarining taqdiri nima bo‘ldi?
9.01.2021 17:53,  
419

   Reys bekor bo‘lgani sababli Rossiyaning "Vnukovo" aeroportida qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.  Xabarda aytilishicha, 7-8 yanvar kunlari Rossiyaning "Royal Flight" aviakompaniyasiga qarashli Moskva-Samarqand yo‘nalishidagi reys bekor bo‘lgan. Shu sababli Moskva shahrining "Vnukovo" xalqaro aeroportida O‘zbekiston fuqarolari to‘plangan. Xayriya tashkilotlari ko‘magida "Vnukovo" aeroportidagi vatandoshlar issiq ovqat va gigiyena vositalari bilan ta’minlandi, deyiladi xabarda.
   Elchixonaning tezkor chora-tadbirlari natijasida, bekor bo‘lan reysning barcha yo‘lovchilari (180 kishi) "Azur Air" aviakompaniyasining navbatdan tashqari reysi bilan 2021 yil 9 yanvar kuni soat 00:05 da O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан