Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish vaqti 4 soatga tushirilmoqda
27.10.2021 08:37,  
141

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘lishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati. 

Unga ko‘ra, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

 Xususan, voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortish yoshini o‘n uch yoshdan o‘n to‘rt yoshga ko‘tarish belgilanmoqda. Chunki jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshini belgilashda bolaning ruhiy hamda aqliy rivojlanishi va albatta, uning manfaatlarini inobatga olish lozim.

 Shuningdek, mazkur hujjatga asosan, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar, xususan, JKning 128 va 129-moddalari sanksiyalarini kuchaytirish nazarda tutilyapti. 

"Voyaga yetmaganlarning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar, shu jumladan bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar kabi salbiy holatlar oshib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida belgilangan jazo choralarini yanada kuchaytirishni talab etmoqda"-deyiladi xabarda. 

Qonun loyihasi bilan voyaga yetmaganlarning huquqlari kafolatlarini kuchaytirish maqsadida voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so‘roq qilish (kun davomida) sakkiz soatdan to‘rt soatga tushirilmoqda.

Qolaversa, voyaga yetmagan jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda voyaga yetmagan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining iltimosiga ko‘ra psixolog ishtirok etishi bilan bog‘liq yangi normalar kiritilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан